Mavsum boshida PSJga kelgan yulduz "Barselona"ga o‘tishi mumkin

  • 28 fevral, 2022, 16:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi o‘z tarkibini mahoratli darvozabon bilan kuchaytirmoqchi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar PSJ posboni Janluijji Donnarummani ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Muzokaralar bir vaqtning o‘zida ham klub, ham futbolchi bilan olib borilmoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta Donnarummaning agenti Mino Rayola vaziyatni ularning foydasiga hal etib berishiga ishonyapti. Shuningdek, hal qiluvchi so‘z mavsum boshida parijliklar tarkibiga kelib qo‘shilgan Janluijji tomonidan aytilishi taxmin qilinmoqda.

Italiyalik darvozabon joriy mavsum Pochettino qo‘l ostida 17 uchrashuvda maydonga tushgan va ularning 8 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!