Mavlud Tifiev Samarqand vioyati hokimidan super sovg‘a qabul qilib oldi!
Uzoq yillardan buyon havaskor va professional muaytay bo‘yicha yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Mavlud Tifiev Samarqand viloyat hokimi Adiz Boboev tomonidan munosib taqdirlandi. 7 dekabr kuni Gruziya poytaxt Tbilisi shahrida MMA bo‘yicha ham jang o‘tkazib, IFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Tifievning sportdagi faoliyati yuksak baholanib, unga uch xonali uy taqdim etildi.
Albatta, bir necha yillardan buyon hamyurtimiz ONE FC, Fair Fight, RCC, IFC promoushendarida ajoyib g‘alabalarni qo‘lga kiritib kelmoqda va umid qilamizki yurtdoshimiz ushbu ligalarning chempionlik kamarlarini ham yo‘lga kiritadi. Bu borada unga omad tilagan holda, yangi uylar muborak bo‘lsin deb qolamiz!




Fikrlar