
Mavlud Tifiev Abu-Dabida jang qiladi
26 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida K-1 bo‘yicha nufuzli turnir tashkil etiladi. “Royal Battle” deya nomlangan ushbu jang kechasida yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan K-1 ustalari ham ringga ko‘tariladi.
Kecha, Bobur Tagievning ushbu turnirda marokashlik Nabil Uach bilan jang qilishi haqida xabar bergandik. Bizga ma’lum bo‘lishicha, ushba kechada yana bir mashhur vakilimiz Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tariladi.
Unga tojikistonlik Siyovush Gulmamadov raqiblik qiladi. Tojikkiston vakilining bu yo‘nalishdagi rekordi 2-1-0 bo‘lsa, Tifievda bu ko‘rsatkich 11-1-0 ko‘rinishga ega.
Hamyurtimiz bu to‘qnashuvda ham chiroyli g‘alaba qozonadi, degan umiddamiz. Bu borada unga omad tilaymiz!
Fikrlar