
Mauritsio Sarri "Chelsi"dan ketib xato qilganini aytdi
Italiyalik mutaxassis Mauritsio Sarri o‘zining “Chelsi”dan ketishi haqida gapirib o‘tdi. U “aristokratlar”ni 2018/2019 yilgi mavsumda boshqargan va Evropa ligasida g‘olib chiqqan.
“Chelsi”ni tark etib, katta xato qildim. Marina Granovskaya meni jamoadan ketishimga qarshilik qildi, ammo men har qanday sharoitda ham Italiyaga qaytish istagida edim.
"Chelsi" - bu keyingi yillarda mening uslubimga mos ko‘plab yosh futbolchilarni jalb qilgan ajoyib klub”, - dedi Sarri.
Sarri “Chelsi”dan ketgach bir mavsum “Yuventus”ni boshqardi va ayni damda “Latsio” bosh murabbiyi hisoblanadi.
Fikrlar