
Mauritsio Sarri APL klubi taklifini rad etdi
"Nottingem Forest" italiyalik murabbiy Mauritsio Sarriga "Latsio"ni tark etgach 3 yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, mutaxassis ushbu taklifni rad etgan. Sarri hozircha yangi ish joyi bo‘yicha shoshmayapti, u mavsum so‘nggiga qadar dam olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sarri mart oyida rimliklar safini tark etdi. U "burgutlar"ni 2021 yildan beri boshqarib kelayotgandi.
Fikrlar