
Matichning "MYu" bilan shartnomasini uzaytirishiga aslida nima sabab?
Nemanya Matich «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng klub rasmiy saytiga shunday dedi:
- Juda baxtliman. «Manchester Yunayted» bilan har kim ham shartnoma imzolayvermaydi. Shu sabab bundan faxrlanaman, ayniqsa bu oilam uchun juda muhim.
Oila-a’zolarim ham bu erda qolishdan xursandlar, ularga Manchesterda yashash yoqadi. Biz barchamiz xursandmiz va faxrlanamiz. Umid qilamanki, klubga bir qancha sovrinlar yutishida yordam beraman va albatta, o‘z o‘yinimni yanada yaxshilashga harakat qilaman.
Fikrlar