
Matich: O‘g‘lim Ronalduni tanlaydi, men esa...
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Nemanya Matich "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Agar mening o‘g‘limdan so‘ralsa, u Ronalduni tanlagan bo‘lardi. U Messidan farq qiladi.
Messida ham iqtidor bor, ammo u shug‘ullanmaydi deb o‘ylamayman. Albatta, u ham mehnat qiladi. Shunchaki ular turlicha. Shuning uchun ular o‘rtasida tanlov qilish men uchun qiyin. Ular so‘nggi 15 yillikning eng yaxshi o‘yinchilaridir. Ular bu darajani shuncha yildan beri ushlab turishganiga aqlim etmaydi. Ular tarixdagi eng yaxshi ikki futbolchi bo‘lishi mumkin”, - deydi Matich.
Fikrlar