
Maskerano: “Messi o‘yinga tayyor edi, lekin biz tavakkal qilmadik”
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano Lionel Messining "Filadelfiya"ga qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, argentinalik yulduz 55-daqiqada maydonga tushib, ikki daqiqadan so‘ng g‘alaba golini kiritgan edi.
"Biz Leoning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini xohladik. Rejamiz uni 30-35 daqiqa o‘ynatish edi. Ammo qo‘shimcha vaqt bilan birga, u maydonda ko‘proq qoldi va o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Boshidanoq tavakkal qilmaslikni maqsad qilgan edik, shuning uchun u asosiy tarkibda tushmadi. Hozir esa barchasi yaxshi va biz bundan mamnunmiz.
Hozirgi rejamiz – uni biroz dam oldirib, keyin Los-Anjelesga (KONKAKAF Kubogi chorak finali) olib ketish. Bugun u butun o‘yinni o‘tkazishga tayyor emasdi, ammo 45 daqiqa o‘ynashi uning jismoniy holati uchun foyda berdi. Agar barchasi reja bo‘yicha ketsa, u safardagi o‘yinga jo‘nab ketadi" – dedi Maskerano.
Fikrlar