Mashxur bokschi Saul "Kanelo" Alvares Messining oldida sharmanda bo‘ldi!

  • 26 dekabr, 2022, 19:27
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati Argentinaning g‘alabasi bilan yakunlanganidan xabaringiz bor. Ushbu g‘alaba haqida so‘z borar ekan, barchaning ko‘z oldiga Leo Messi kelishi turgan gap. Vaholanki, musobaqaning ilk o‘yinlarida Messiga ketma-ket tanqid toshlari otildi. Ular orasida Saul Alvaresning "o‘rni bo‘lakcha". Boks bo‘yicha bir nechta yo‘nalish kamarlari egasi sanalgan meksikalik sportchi Argentina sardoriga ochiqchasiga tahdid qildi! Sezganingizdek, gap Messining kiyinish xonasida olingan surati haqida ketmoqda. Meksika (2:0) bilan o‘yindan so‘ng PSJ hujumchisi “atsek”lar futbolchisi bilan jersiysini almashadi. Yuqorida eslagan suratimizda, aynan Meksika libosining Leoning oyoqlari ostida yotgani tasvirlangan. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingani rost. "Kanelo" ham vaziyatga jim qarab tura olmadi:

Tecno

ogk34ogk43kog4_1

“Men uni ushlab olmasligim uchun Yaratganga duo qilib turinglar! Siz Messining qilgan ishini ko‘rdingizmi? U bizni libosimiz bilan polni artayotgan edi. Bayrog‘imiz aks etgan libos bilan! Men Argentina haqida emas, Leo haqida fikr bildirdim. Bu biz uchun haqorat. Uning yonini olishga urinmang!”

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, g‘alaba zavqida eyforiyaga berilgan Argentina kiyinish xonasida bayramni boshlab yuborgan, aynan o‘sha to‘polonda Meksika libosi polga tushib ketgan ekan. Bu Leo tomonidan atayin qilingan ish emasligi oshkor bo‘lgach, Saul noqulay vaziyatda qolib ketdi. Shunga qaramay, u ijtimoiy tarmoqlar orqali bosim qilishda davom etdi. Hatto, Meksika terma jamoasi futbolchilarining vaziyatni yumshatishi ham naf bergani yo‘q. Barcha endi nima bo‘ladi deb turgan bir paytda, "Kanelo" jim bo‘lib qoldi. Bokschi “kalla qo‘ygani"ni chuqur his qilgan chog‘i, boshqa bu mavzuga oid post qoldirgani yo‘q. Ko‘p o‘tmay, vaziyatni yumshatishga uringani sezilib qolgan izoh ham qoldirdi:

huuhuhu

“So‘nggi kunlarda vatanimga bo‘lgan muhabbat sababli hissiyotlarimni jilovlay olmay qoldim. Natijada, juda xunuk so‘zlarni ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirganimni keyinroq sezdim. Men Leo Messi va butun Argentina xalqidan uzr so‘ramoqchiman. Biz har kuni yangi narsa o‘rganamiz. Bu safar mening navbatim ekan”.

Eng qizig‘i shundaki, Saul Alvares finaldan so‘ng ochiqchasiga maqtov ishlatishga o‘tib oldi.

“Argentinani buyuk g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bunga haqli edi. Men doim o‘z vatanim sha’nini himoya qilaman. Balki, qaerdadir xato qilgan bo‘lishim mumkin, ammo bundan to‘g‘ri xulosa chiqardim. Men Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan barcha futbolchilarni tabriklayman".

g34ji34jg3

Keraksiz agressiya sababli butun dunyo ko‘z oldida sharmanda bo‘lgan Saul bir necha kun ichida Argentina muxlisiga aylandi. Aybini tan oldi va yakunda Leoni kubokni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. Dunyoning eng kuchli boskchilaridan birining vaziyatga munosabati keng muhokama qilindi. Kimdir uni qo‘rqoqlikda ayblagan bo‘lsa, boshqalar o‘z vaqtida aybini bo‘yniga olganini e’tirof etdi. Sizningcha, bu vaziyatda Saul Alvares to‘g‘ri qaror qabul qildimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yusupov Ibrohim
26/12/2022 20:22
Tóğri qilgan.