Mashhur yulduz Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tganini qanday baholadi?

  • 22 yanvar, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgani hamon keng muhokama qilinmoqda, turli axborot manbalari futbol olamidagi taniqli shaxslarning o‘zbek futbolchi transferi haqidagi fikr-mulohazalarini e’lon qilyapti.

Tecno

Xususan, Ukraina nashrlari bu mamlakat futbolida chuqur iz qoldirgan o‘zbekistonlik hujumchi Maksim Shatskixning Abduqodir Husanov transferi bo‘yicha munosabatini e’lon qildi.

Ma’lumki, Maksim Kievning “Dinamo” klubi safida samarali faoliyat yuritgan, Ukraina chempionatida eng ko‘p gol urgan to‘purar hisoblanadi. Hamyurtimiz bu jamoa safida Evropa Chempionlar ligasigada gollari orqali o‘zini ko‘rsata olgan.

Sports.uz portali Maksim Shatskixning ukrainalik jurnalistlar bergan savollarga javobini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

— Maksim Aleksandrovich, o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferini qanday baholaysiz?

— Birinchidan, Angliyaga futbolchilarni shunchaki olishmaydi, ayniqsa, yuqori darajadagi top-klublarga.

Ikkinchidan, “Manchester Siti” yangi o‘yinchilarni jamoa tarkibidagi futbolchilar sonini ko‘paytirish uchungina sotib olmaydi. Husanovga faqatgina “Manchester Siti” da’vogarlik qilgani yo‘q.

Bu futbolchini olish uchun katta navbat vujudga keldi. Evropaning deyarli barcha top-klublari da’vogarlik qildi.

Endi buyog‘iga hammasi Husanovning qo‘lida, hammasi uning o‘ziga bog‘liq.

Abduqodir haqiqatan “Manchester Siti” transferiga loyiq o‘yinchi. U o‘zining mehnatkashligi, o‘yini, borini berib o‘ynashi, ishtiyoqi va boshqa xususitlarini namoyish qilish orqali bunga erishdi. “Manchester Siti”dagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqadi, deb o‘ylayman.

Faqat Husanovga darrov asosiy tarkibdan joy berishadimi yoki yo‘q, mana shunisini bilmayman. Yaqin orada buni ham bilib olamiz.

— “Manchester Siti” keyingi paytdagi natijalarini inobatga olib, balki Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovni darrov asosiy tarkibga kiritar...

— Bo‘lishi mumkin. “Manchester Siti” hozir qayd etayotgan ko‘rsatkichlari bilan maqtana olmasligini inobatga olib, balki Husanovning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga urinib ko‘rar. Qani kutamiz!

Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov bugungi kunda “Manchester Siti”dagi mashg‘ulotlarini boshlab yuborgan. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola o‘zbek futbolchisining jismoniy imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.

Baribir har qanday bosh murabbiy ham qimmat narxga olingan yangi o‘yinchiga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon berishi tabiiy. Abduqodir Husanov ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib, “Lans”da bo‘lgani kabi asosiy tarkibdan muqim o‘rin olishni uddalashiga umid qilamiz.

Shomurodovga “hujum” kuchaydi! Eldor faoliyatini qaerda davom ettiradi?

Husanovning transfer summasi adolatli bo‘lganiga qaramay, bizga alam qilgandi...

Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

Noyob fakt: Husanov avval “Old Trafford”da o‘ynab ketgan!

Husanov kerakli joyga tushdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Футболчи
22/01/2025 17:19
Ёзвотганда, у ёк, бу ёкка караб ёзила э хурматли журналистлар.
&
Футболчи
22/01/2025 17:18
Вах-Хах-Хахх! Машхур юлдуз диса, ман Зиданми, Мессими, Роналдуми, жаа бумаганда Ман.Ситида уйнавотган Холандмикин димман. А бу канака машхур юлдуз бусин. Украина билан Узбекистондан бошкаси танимидику!!!
Abdumalik Yuldashev
22/01/2025 13:09
Ey chalasavodlar bu maxshux yulduzingni SNG davlatidan boshqalar bilmediku. Zaybal qilishding shunaqa sarlavxali maqolang bilan.