
Mashhur tennischi faoliyatini yakulamoqchi
Germaniyalik mashhur tennischi Andrea Petkovich AQSh ochiq chempionatidan so‘ng faoliyatini yakunlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
“Ehtimol, oilam va do‘stlarimga yaqinroq Evropada yana bir turnir o‘tkazarman. Ammo, umuman olganda, US Open mening so‘nggi turnirim”, - dedi Petkovich.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Petkovich 2006 yildan buyon professional tennis bilan shug‘ullanadi. U faoliyati davomida yakkalik bahslarida ettita chempionlikni qo‘lga kiritgan va 2014 yilgi Rolan Garrosda eng yaxshi natijani ko‘rsatgan holda yarim finalga chiqqan. U 2011 yilda dunyoning to‘qqizinchi raketkasi bo‘lgan.
Fikrlar