
Mashhur shaxmatchi Vishvanatan Anand O‘zbekiston stendida mehmon bo‘ldi
Shu kunlarda Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.
Xabaringiz bor, 2026 yilgi musobaqalar mezbonligini qo‘lga kiritish uchun O‘zbekiston ham da’vogarlik qilmoqda. Mamlakatimiz sport delegatsiyasi musobaqa jarayonida ishtirokchi va mehmonlarni o‘zbek milliy madaniyati hamda urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida qadriyatlarimiz aks etgan stend bilan bilan qatnashyapti.
Bugun O‘zbekiston ko‘rgazma stendiga Hindiston delegatsiyasi va shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Vishvanatan Anand ham tashrif buyurdi.
Mehmonlar o‘zbek xalqi milliy madaniyati bilan tanishib, hamyurtlarimiz bilan suhbat qurish asnosida estalik uchun suratga ham tushishmoqda. Dasturxonga qo‘yilgan o‘zbek milliy shirinliklari va quritilgan mevalari esa ko‘rgazmaga o‘zgacha fayz bag‘ishlab turibdi.
Fikrlar