Mashhur murabbiy barcha zamonlar rekordini o‘rnatdi

  • 24 noyabr, 2024, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 14-turida Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Alaves” ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Tecno

Bu o‘yin madridliklarning argentinalik bosh murabbiyi Diego Simeone uchun rekord natija keltirdi.

Tajribali mutaxassis Ispaniya chempionati tarixida bir jamoa bosh murabbiyi sifatida 700 ta rasmiy uchrashuvda qatnashgan birinchi inson sifatida rekord o‘rnatdi.

54 yoshli Simeone “Atletiko”ni 2011 yildan beri boshqarib kelmoqda. Shogirdlari uning qo‘l ostida 413 ta g‘alaba, 156 ta durang va 131 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Diego Simeone “Atletiko”ni ikki karra Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi g‘olibiga aylantirgan. Madridliklar bu mutaxassis qo‘l ostida ikki marotabadan Evropa ligasi va UEFA Superkubogida ham g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!