Mashhur futbolchi “Real”dan ketganidan qattiq afsusda

  • 20 dekabr, 2024, 15:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kolumbiya futboli tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilardan biri Xames Rodriges hozir Ispaniyaning kamtargina klubi “Rayo Valekano”da to‘p tepmoqda.

Tecno

33 yoshli futbolchi o‘z davrida Evropaning “Portu”, “Monako”, “Bavariya”, “Everton”, “Olimpiakos” va “Real” kabi klublarida ham o‘ynagan.

2014 yili “Monako”dan “Real”ga 75 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan Xames Rodriges orada ikki yil ijara asosida “Baariya”da o‘ynab kelgan. 2019 yili erkin agent maqomida “Everton”ga o‘tgan.

Hozir Xames Rodriges Madridni tark etganidan afsusda.

- O‘shanda ayrim mutasaddilar Madridda qolishimga yo‘l qo‘yishmadi va men ketishga majbup bo‘ldim. Yana ikki-uch yil “Real”da qolmaganimdan afsusdaman, - dedi Xames Rodriges.

Xamesning futbolchilik faoliyati o‘ziga xos sarguzashtlarga boy. U Evropa klublaridan tashqari Kolumbiya, Argentina, Braziliya va Qatar chempionatlarida ham o‘ynab, katta tajriba to‘plagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!