
Mashhur darvozabon: Gvardiola meni haydashini bilardim
“Byornli” darvozasini qo‘riqlayotgan Angliya terma jamoasining sobiq mashhur darvozaboni Jo Xart “Manchester Siti”ni Xosep Gvardiola olganidan keyin jamoadan qanday ketganini aytib berdi.
- Jamoaga Gvardiola kelganini eshitib xavotirgan tushdim. Ko‘pchilik meni tinchlantirmoqchi bo‘ldi. Men klubga qaytganimda Pep menga ketishim kerakligini ochiq aytdi. Uning usuli shunday. Qaror qiladi va undan hech qachon qaytmaydi. Shunga qaramay, munosabatimiz yaxshi, ya’ni erkakcha, - dedi Jo Xart.
Jo Xart 2006-2018 yillar davomida “Manchester Siti” darvozaboni bo‘lgan. Gvardiola davrida uni “Torino” va “Vest Xem”ga ijaraga berishdi. 2018 yilning avgustida esa darvozabon qariyb to‘rt million evro evaziga “Byornli”ga berib yuborildi.
Fikrlar