Mashhur aktyor Vin Dizel Ronalduni “Forsaj”ga olib ketadi

  • 13 dekabr, 23:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amerikalik taniqli aktyor va prodyuser Vin Dizel ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun “Forsaj” franshizasining yangi filmida maxsus rol tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

- Hamma “Ronalduni “Forsaj”da ko‘ramizmi?”, deb so‘rar edi. Endi aytishim mumkinki, bu albatta ro‘y beradi. Biz Krishtianu uchun rol yozdik, - dedi Vin Dizel.

Avvalroq, 2026 yilda “Forsaj” franshizasining 11-qismi chiqishi, bu film esa seriyaning so‘nggisi bo‘lishi xabar qilingan edi.

Krishtianu Ronaldu 2026 yilning yozida AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Portugaliya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!