
Masharipovning so‘nggi daqiqada urgan goli jamoasiga g‘alaba keltirdi. Uning jamoasi uchun turnir yakuniga etdi (turnir jadvali)
Saudiya Arabistoni chempionati so‘nggi turidan o‘rin olgan "Al-Nassr" - "Al-Xulaif" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 13-daqiqada Martinez hisobni ochdi. 37-daqiqada Al-Xulaif muvozanatni tikladi. Uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalarida legionerimiz Masharipov jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Al-Nassr" yakuniy turnir jadvalida 61 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etdi.
Fikrlar