
Masharipovning goli eng chiroylilar qatorida! (video)
Osiyo Chempionlar ligasi joriy mavsumida Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi yaxshi ishtirok etdi.
Legionerimiz chorak finaldagi "Al-Vahda"ga qarshi bellashuvda 2 gol va 1 assist muallifiga aylandi. Qatarliklar darvozasiga kiritilgan birinchi gol OFK sayti tomonidan eng chiroylilar qatorida e’tirof etildi.
Riyodliklar yarim final bosqichida Saudiya Arabistonining boshqa bir jamoasi "Al-Hilol" bilan bahs olib bordi. O‘yin 2:1 hisobida Leonardo Jardim shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. Quyida OFK sayti taqdim etgan videorolikni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar