
Masharipovga Osiyoning 5ta grand jamoasi qiziqqan
Saudiyaning "An-Nassr" klubi O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov transferini sotib oldi va 5 oyga BAA vakili "Shabab Al-Ahli"ga ijaraga berib yubordi. O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisiga yana qaysi jamoalardan aniq takliflar bo‘lganligini bilasizmi? Masharipovni naqd 5 klub o‘z safiga qo‘shib olishni xohlagan.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Jaloliddin Qobiljonovning ma’lum qilishicha, 27 yoshli vinger transferini "Al-Nasr" (BAA), "An-Nassr", (Saudiya) "Shabab Al-Ahli" (BAA), "Al-Ayn" (BAA), "Al-Vahda" (Saudiya) jamoalari sotib olishga tayyor bo‘lgan. Ammo, yakunda futbolchi Saudiya klubi taklifini qabul qilgan.
Dubayliklar safida ijara asosida harakat qilayotgan Jaloliddin 3ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar