
Masharipov Ispaniyaga uchib ketdi
Saudiyaning "Al-Nassr" klubi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan yig‘inga yo‘l oldi.
Ta’tilni O‘zbekistonda o‘tkazgan Jaloliddin Masharipov ham jamoa yig‘inga qo‘shilish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri Ispaniyaga uchib ketdi. Riyodliklar yig‘inida 30 nafar futbolchi qatnashadi.
View this post on Instagram
Rudi Garsiya jamoasi Ispaniyaning "Las Palmas", "Saragosa", "Malaga" va "Kadis" klublari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishadi.
Fikrlar