"Mash’al" "So‘g‘diyona" futbolchisi bilan kelishib oldi

  • 22 iyul, 2021, 15:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muborakning “Mash’al” klubi ham boshqa jamoalar qatori davralar oralig‘idagi tayyorgarligini davom ettiryapti.

Tecno

Jamoa a’zolari asosan Muborakdagi qarorgohida shug‘ullanishyapti. Tarkibdagi o‘zgarishlarga kelsak, xabaringiz bor, yaqinda “Mash’al” ikki nafar etakchisi – Sardor Abduraimov bilan Humoyun Murtazoevni “Turon” klubiga sotdi.

Ayni paytda “Mash’al” rahbariyati tarkibga yangi o‘yinchilarni qo‘shishga harakat qilmoqda. Bu borada bir futbolchi bilan kelishuvga ham erishildi.

Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida to‘p surgan yarim himoyachi Oybek Nurmatov endi “Mash’al” safida to‘p suradi. Futbolchining o‘zi muborakliklar bilan kelishib olganini tasdiqladi. 23 yoshli futbolchi “So‘g‘diyona” tarkibida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi.

Kecha “Nasaf”ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazgan “Mash’al” bugun “Buxoro” bilan kuch sinashishi rejalashtirilgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!