Martin Bakole keyingi jangini mashxur bokschi bilan o‘tkazmoqchi

  • 7 avgust, 2024, 14:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Martin Bakole yaqinda bergan intervyusida jang qilmoqchi bo‘lgan bokschining ismini aytdi.

Tecno

 "Keyingi raqibim Chjan Chjiley bo‘lsa, ajoyib bo‘lardi. Men yuqori dajarali jangchi ekanimni isbotladim. Jared Anderson nega men bilan jangni qabul qilganini tushunaman. Lekin hali u bunga tayyor emas edi. U yosh hamda takabbur yigit. O‘zimga kelsak, men Usik, Fyuri, Joys, Jiley, Kabael va Parker bilan bir xil darajada bo‘lishga loyiqman. Shu haqiqiy darajam. Umid qilamanki, keyingi jangim menga katta shon-shuhrat keltiradi”, – dedi Bakole BoxingNation nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Bakole 4 avgust kuni Madrimov-Krouford jangi anderkardida AQShlik mag‘lub bo‘lmagan Jared Andersonni nokautga uchratgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!