
Marselo "Real"ning tarixiy rekordini takrorladi
Xabaringiz bor, "Real" Ispaniya Superkubogi finalida "Atletik" Bilbao ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, bu Marselo uchun “qirollik klubi” safidagi 23-sovrin bo‘ldi. U bu borada afsonaviy Pako Xentoning rekordini takrorladi va “Real” safida eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylandi.
Marselo bu borada "Real"dan PSJga ko‘chib o‘tgan himoyachi Serxio Ramosni (22) ortda qoldirdi.
Fikrlar