Marselo "Real"dan ketmoqchi

  • 4 iyul, 2019, 21:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubining chap qanot himoyachisi Marselo jamoadan ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” “Lion”dan Ferlan Mendini sotib olgach, 31 yoshli braziliyalik futbolchi o‘zining "Santyago Bernabeu"dagi kelajagiga shubha bilan qaray boshlagan. U aynan mana shu sabab boshqa jamoaga o‘tmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Marseloga PSJ, "Arsenal", "Yuventus" va "Milan" klublaridan jiddiy qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Marselo “Real” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!