Marselo Meksika terma jamoasini boshqarishi mumkin

  • 18 yanvar, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik mashhur mutaxassis Marselo Belsa Meksika terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 67 yoshli mutaxassis ayni damda ushbu lavozimda faoliyat yuritayotgan hamyurti Xerardo Martino iste’foga chiqarilganidan so‘ng, uning o‘rnini egallashi mumkin. Aytish kerakki, Martino boshchiligida Meksika terma jamoasi JCh-2022da guruh bosqichida qolib ketgan edi.

Belsaning so‘nggi ish joyi esa “Lids” klubi bo‘lib, u 2022 yilning fevralida ushbu jamoani tark etgan. Bungacha u “Lill”, “Marsel”, “Atletik” klublari, shuningdek Chili va Argentina terma jamoalarini boshqargan.

Meksika futbol federatsiyasi Belsadan tashqari Matias Almeyda, Migel Errera va Xuan Osorio nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!