
"Marsel" Balotellini o‘z safida olib qolmoqchi
"Marsel" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Mario Balotellini qo‘yib yuborishni xohlamayapti. Bu haqda France Football nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra klub sport direktori Andoni Subisarreta 28 yoshli italiyalik futbolchi bilan amaldagi shartnomani eng kamida yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Balotelli “Marsel” safiga joriy yilning yanvarida “Nitstsa”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, u joriy mavsum “Marsel” safida Frantsiya chempionatida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol urishga erishdi.
Fikrlar