Marokashlik qahramon "Barselona" o‘yiniga tashrif buyurdi

  • 25 yanvar, 2023, 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat La Liganing yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan "Barselona" - "Xetafe" uchrashuviga tashrif buyurdi. 26 yoshli marokashlik futbolchining "Kamp Nou"da bo‘lgani haqida "Relevo" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Qayd etilishicha, Sofyan Amrabat "Barselona" rahbarlari bilan uchrashmagan. Xabaringiz bor, oldinrok turli manbalarda yarim himoyachiga Kataloniya klubining befarq emasligi to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilingandi.

26 yoshli yarim himoyachi Qatardagi jahon chempionatida terma jamoasi bilan ajoyib ishtirok etdi. Nufuzli "Transfermarkt" portali marokashlik futbolchini 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!