
Marokash futbolchisi bu borada ikkinchi bo‘ldi
Jahon chempionati chorak final bahsidan o‘rin olgan Marokash - Portugaliya o‘yini o‘z yakuniga etdi (1:0).
Marokash terma jamoasi hujumchisi Valid Shedira Portugaliya bilan o‘yinning 91 va 93-daqiqalarida sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. "Bari" klubi hujumchisi uchrashuvning 65-daqiqasida maydonga tushdi va o‘yin so‘nggiga yaqin referi Fakundo Telo tomonidan maydondan chetlatildi.
Validning bu qizil kartochkasi mazkur Jahon chempionatidagi ikinchi chetlatish bo‘ldi. Avvalroq, guruh bosqichi doirasida Uels - Eron uchrashuvida Ueyn Xennessi qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘z qit’asi tarixida birinchi bor yarim finalga chiqqan Marokashning raqibi Angliya - Frantsiya uchrashuvida hal bo‘ladi.
Fikrlar