
Marokash bosh murabbiyi Mbappeni to‘xtatishning yo‘lini topdi
Marokash milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Volid Regragi Jahon chempionati yarim final bosqichidan o‘rin olgan Frantsiyaga qarshi bellashuvdan oldin Mbappe haqida fikr bildirdi.
"Ashraf Hakimi Kilianni mendan ko‘ra yaxshiroq biladi. Unga nisbatan alohida rejamiz yo‘q. Afsuski, u Frantsiya tarkibidagi yagona yulduz emas. Grizmanning bog‘lamlardagi o‘yini...
Lekin Ashraf haqiqiy chempion! Shuning uchun bundan hecham tashvishlanmayman",-dedi mutaxassis.
Mbappe JCh-2022 doirasida 5 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 gol va 2 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Frantsiya - Marokash bellashuvi 14-dan 15 dekabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar