Marokash antirekord qayd etib ham tarix yozmoqda

  • 11 dekabr, 2022, 08:06
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz oldin sensatsiya ko‘rsatgan Marokash yarim final oldidan antirekordga egalik qilib turibdi. Gap shundaki, Regragi shogirdlari  jahon chempionatlari tarixida to‘pga egalik qilish darajasi bo‘yicha juda past ko‘rsatkichga qayd etmoqda.

Tecno

Jamoa bu borada turnirning ilk yarim final ishtirokchisi bo‘ldi. Hatto, 1998 yilda bronza medaliga ega chiqqan Xorvatiyada ham natija biroz yaxshiroq edi.

Musobaqa yarim finalchilarining hech biri jahon chempionatini 40 foizdan kam to‘pga egalik qilish ko‘rsatkichi bilan yakunlamagan. Marokash esa bu bo‘yicha birinchi jamoaga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, afrikaliklar yarim finalda Angliya — Frantsiya g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!