Markus Sorg (Flik yordamchisi): "Hakamlar haqida o‘ylash kerak emas, faqat o‘yinga e’tibor berish lozim"
"El-klasiko"da "Barselona" boshqaruvida Markus Sorg bo‘ladi. Sababi – Xans-Diter Flik diskvalifikatsiya sababli ushbu bellashuvni o‘tkazib yubordi. Unga La Ligadagi so‘nggi uchrashuvda qizil kartochka ko‘rsatilgan edi.
Bellashuv oldidan Sorg matbuot anjumanida ishtirok etdi. Undan hakamlik masalasi haqida ham so‘rashdi.
"Hakamlar xatosi? Biz faqat o‘yinga e’tibor berishimiz kerak, boshqa narsaga emas. Hakamlar haqida o‘ylashning hojati yo‘q. Hamma xatoga yo‘l qo‘yadi. Biz faqat o‘zimiz nazorat qila oladigan narsalar haqida gapirishimiz lozim", – dedi Sorg jurnalistlarga.
Ma’lumot o‘rnida, "Real Madrid" - "Barselona" o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv ertaga soat 20:15’da start oladi.



Fikrlar