
Marko Obradovich: "Neftchi"dan oilaviy sabablarga ko‘ra ketdi deyishlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi"
“Neftchi” klubi muddatidan oldin Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritganini yaxshi bilasiz. Jamoaning o‘z oldiga qo‘ygan vazifasini bajarishida serbiyalik hujumchi Marko Obradovichning qo‘shgan hissasi katta bo‘ldi.
Natijada u eng yaxshi to‘purarga aylandi. Biroq kutilmaganda mavsum hali nihoyasiga etmasidan avval Obradovich bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi va futbolchi jamoani tark etdi.
Uning oilaviy sabablarga ko‘ra klubdan ketgani haqida ham gap-so‘zlar yo‘q emas. Futbolchi Sports.uz saytiga vaziyatga oydinlik kiritish uchun “Neftchi”dan qanday sababga ko‘ra ketganini aytdi.
- Chempionatda tanaffus bo‘lganidan keyin Ilhom Mo‘minjonov o‘zbekistonlik futbolchilarga 22 oktyabrgacha, bizga esa 25 oktyabrga qadar javob bergandi. Meni qaytishga chiptam ham bor edi. Lekin uch kundan keyin agent menga qo‘ng‘iroq qilib qaytmasligimni aytdi. Nima uchunligini esa bilmayman. Meni oilaviy sabablarga ko‘ra ketdi deyishgani esa bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Holbuki, men bemalol klubga qaytishim mumkin edi, - deydi Obradovich.
Fikrlar