
Mark Bartra tez orada A Seriya klubi bilan shartnoma imzolagi kutilmoqda
Ispaniyaning "Betis" kdubi yarim himoyachisi Mark Bartra "Roma"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 yoshli futbolchining agenti allaqachon Italiyaga etib kelgan va “bo‘rilar” rahbariyati bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Ma’lumotlarga qaraganda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy yakunlangan va tez orada ushbu transfer amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Bartra asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum “Betis” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar