
Mariya Sharapovani Malorkaga chorlashmoqda
Malorka shahrida 16-23 iyun kunlari tennis bo‘yicha Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan xalqaro turnir o‘tkaziladi.
"Mallorca Open" musobaqasi tashkilotchilari rossiyalik Mariya Sharapovaga asosiy to‘rda ishtirok etish huquqini beruvchi "wild card"ni taqdim etdi.
Ushbu taklifdan xursand bo‘lgan Mariya: ""Mallorca Open"ning "wild card"ini bergan turnir tashkilotchilaridan minnaddorman. Shuningdek, yaqin oylar ichida menga dalda bo‘lgan muxlislarimga o‘z tashakkurimni izhor qilaman, – dedi.
Fikrlar