
Mariano Dias Madriddan ketishni istamadi
"Real" hujumchisi Mariano Dias "Shalke" taklifini rad etdi.
26 yoshli futbolchi "Real"da yiliga 4 mln evro maosh ishlab topadi. Gelzerkixen klubi ushbu maoshni to‘lab bera oladigan taklifni bergan yagona klub bo‘ldi.
Mariano Dias Madridda baxtiyor. U klub bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalariga kirish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, dominikanlik futbolchi amaldagi mavsumda birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.
Fikrlar