Mareska: "Nima uchun bir holatda qizil, boshqasida emas?"
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska "Arsenal"ga qarshi o‘yinda Moyzes Kaysedoga ko‘rsatilgan qizil kartochkadan noroziligini bildirdi. Unga ko‘ra, "Tottenxem" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur ishtirokidagi o‘xshash vaziyatda ("Chelsi"ga qarshi o‘yinda) hakamlar boshqacha qaror chiqarishgan.
"Qizil kartochka — bu qizil kartochka.
Bir holatda bunday qaror chiqarilib, boshqa vaziyatda nega berilmasligini tushunish qiyin. Bentankur va Ris Jeyms o‘rtasidagi vaziyat haqida nima deysiz? Nima uchun birida qizil beriladi, boshqasida — yo‘q?
Menimcha, bugungi vaziyatda aniq qizil kartochka bor edi. Lekin farq qaerda?" — dedi Entso Mareska "Sky Sports"ga bergan intervyusida.



Fikrlar