Marca: Modrich "Real"dan ketmaydi

  • 9 avgust, 2019, 14:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Luka Modrich joriy yozgi transferlar davrida jamoani tark etmaydi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turli mish-mishlarga qaramay xorvatiyalik futbolchi “qirollik klubi” safida yangi mavsumga xotirjam tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Neymar evaziga PSJga Modrich hamda 120 mln evro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Modrich o‘tgan mavsum “Real” safida 46ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!