Maoshim oshmasa, “Real”ga ketaman!

  • 11 dekabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” himoyachisi Alfonso Devis “Real” klubi nishonida turibdi. Madridliklarning e’tibori futbolchi va myunxenliklar o‘rtasidagi muzokaraga ta’sir qila boshladi.

Tecno

Dastlabki kelishuvga ko‘ra, “Bavariya” kanadalik futbolchiga bir mavsum uchun 12 million evro maosh to‘lashi kerak edi.

Biroq Devisning agentlari “Real”ning qiziqishini inobatga olib, yangi shartnoma tuzish uchun Bundesliga chempionidan 15 million evro maosh talab qila boshladi.

Devis talabi inobatga olinmagunicha 2025 yilga qadar davom etishi kerak bo‘lgan shartnomani uzaytirmasligini bildirgan.

Agar tomonlar mavsum yakunlangunga qadar kelishuvga erisha olmasa, “Bavariya” yozda 23 yoshli futbolchini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!