Manuel Noyer Bundesligada yangi rekord o‘rnatdi!
“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer Germaniya chempionatining 7-turida “Borussiya Dortmund”ga qarshi o‘yinda (2:1) o‘z faoliyatidagi 363-g‘alabasini qayd etdi. Bu natija orqali u sobiq jamoadoshi Tomas Myullerni (362 g‘alaba) ortda qoldirib, Bundesliga tarixida eng ko‘p g‘alaba qozongan futbolchiga aylandi.
39 yoshli Noyer bu yutuqqa 530 o‘yinda erishdi. U 2011/2012 yilgi mavsumdan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib kelmoqda va jamoa bilan 12 marta Germaniya chempioni, 5 marta mamlakat kubogi sohibi hamda 2 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Shuningdek, Noyer 2014 yilda Germaniya terma jamoasi bilan Braziliyada o‘tgan jahon chempionatida g‘alaba qozongan.



Fikrlar