Mane Saloh bilan kelishmovchilik bo‘lgani haqida gapirdi
"An-Nasr" vingeri Sadio Mane "Liverpul"dagi o‘yinlarini esladi.
"Liverpul"da ajoyib davrni boshdan o‘tkazganman. Ayniqsa, Saloh bilan zo‘r tandem edik. Mo juda ajoyib futbolchi. Biroq undan g‘azablangan o‘yinlarim ham yo‘q emas. "Byornli" bilan o‘yinni eslayman. U menga to‘pni uzatishi kerak bo‘lgan vaziyatda darvozaga tepishni to‘g‘ri deb bildi. Bundan juda jahlim chiqdi. Ertasi kuni u oldimga kelib, gaplashib olsak maylimi dedi. Ha, bemalol deb javob berdim. Senga to‘p uzatishni istamadi deb o‘ylaysanmi? To‘pni qabul qilib olgan vaqtim uzatma amalga oshirishga imkon topmadim, shu sabab darvozaga tepdim. Senga hech qanday qarshilik qilishni xohlamayman. Agar ochilganingni ko‘rganimda to‘pni uzatgan bo‘lardim dedi. Men esa hammasi ortda qoldi xavotir olma deb javob berdim", - dedi senegallik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli futbolchi "qizillar" safida 2016-2022 yillar oralig‘ida to‘p tepgan edi.



Fikrlar