Mane: "Ronaldu – har kuni mehnat qiladigan va 40 yoshida ham g‘alabaga chanqoq sportchi"

  • 20 noyabr, 23:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" futbolchisi Sadio Mane jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirib, uning mehnatkashligi va professionalligiga yuqori baho berdi.

Tecno

"U bilan shaxsan tanishganimdan oldin ham uning o‘yinlarini TV orqali ko‘rardim, u haqidagi yangiliklarni o‘qirdim – uning professionalligi, mentaliteti, o‘ta jiddiy munosabati haqida. Bu erga kelib, u bilan yuzma-yuz ko‘rishganimda ham aynan shu xususiyatlarni ko‘rdim.

U ajoyib inson. Har kuni tinmay mehnat qiladi va 40 yoshga kirganiga qaramay, hali ham g‘alaba qozonishni, maksimal darajada o‘ynashni istaydi. U har jihatdan mukammal sportchi".

Rio Ferdinand bilan suhbatda, sobiq "Manchester Yunayted" himoyachisi Ronaldu hali ham mashg‘ulotga birinchi kelib, oxirida ketadimi, deb so‘raganida, Mane shunday javob berdi:

"Biroz farq bor, lekin u hamon to‘g‘ri yo‘lda. Mashg‘ulot – uning qonida bor narsa. Ha, u odatda erta keladi va boshqalar kabi ketadi, lekin jamoaga ko‘rsatayotgan ta’siri – betakror", - deya ta’rif berib o‘tdi senegallik hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!