Mane bugun "Fulxem"ga qarshi bahsda "Liverpul"ga yordam berolmasligi mumkin

  • 17 mart, 2019, 09:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi forvardi Sadio Mane joriy hafta "Bavariya"ga qarshi bo‘lib o‘tgan EChL 1/8 final javob bahsidan so‘ng o‘zini biroz noqulay his qilmoqda.

Tecno

Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra senegallik futbolchi shu sababli bugun bo‘lib o‘tadigan “Fulxem”ga qarshi o‘yindan oldingi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp agar Mane 100% ushbu o‘yinga tayyor bo‘lmasa, tavakkal qilmay uni maydonga tushirmasligini aytgan.

Ta’kidlash kerakki Mane ayni damda ajoyib sport formasida. U “Liverpul” safida o‘tkazgan so‘nggi 4ta o‘yinda jami 6ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, "Fulxem" - "Liverpul" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:15da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!