Manchini Qatar klubida ish boshlaydi

  • 11 noyabr, 17:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi bor Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqargan Roberto Manchini Qatarning "As-Sadd" klubi bosh murabbiyi bo‘lish arafasida. 

Tecno

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis bilan jamoa rahbariyati og‘zaki kelishuvga erishdi. Murabbiy tez orada hujjatlarga imzo chekishi kutilmoqda. 

Manchini dastlab taklifni qabul qilmagan edi. Ammo 2026 yilda bitimni bekor qilish bandi ham qo‘shilganidan keyin 60 yoshli murabbiy Qatar klubini boshqarishga rozi bo‘ldi. Uning Jahon chempionatidan keyin qaysidir terma jamoada ishlash maqsadi bo‘lishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!