Manchini nega Balotellini Italiya terma jamoasiga chaqirmaganini aytdi

  • 12 noyabr, 2019, 19:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini nega Mario Balotellini tarkibga jalb etmaganini izohladi.

“Men Marioni yaxshi ko‘raman. U o‘smirlik chog‘idanoq mening qo‘l ostimda o‘ynagan. Balotelli sportga nimadir berish uchun hali ancha yosh. Ammo, men uni terma jamoaga munosib bo‘lsagina chaqiraman, faqatgina irqchilikka qarshi javob sifatida emas. Unda jamoaga qaytish imkoniyati bor”, - deydi Manchini.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Balotelli Italiya terma jamoasi safida oxirgi marta 2018 yilning 7 sentyabrida maydonga tushgan edi. U terma jamoa safida shu kungacha 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!