Manchesterliklarga yoqmagan o‘yinchini ikki chempion top-klub chaqiryapti

  • 10 dekabr, 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayotgan iqtidorli yarim himoyachi Kobbi Maynu tez orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Bundesliga g‘olibi “Bavariya” va Italiya chempioni “Napoli” 20 yoshli o‘yinchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor.

Kobbi yozda boshqa klubga ijaraga ketmoqchi bo‘lganida Ruben Amorim unga ruxsat bermadi. Maynu muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani uchun yana klubdan ketish tashabbusini ko‘tardi.

TalkSPORT nashriga ko‘ra, joriy mavsum oldidan o‘z tarkibiga “Manchester Yunayted”ning ikki o‘yinchisi – Skott Maktominey va  Rasmus Xyoylundni qo‘shib olgan “Napoli” Maynuga ham asosiy da’vogar hisoblanadi.

“Bavariya” keyingi yillarda Angliya Premer-ligasidan olgan Maykl Olise, Hari Keyn, Luis Dias va Nikolas Jeksonning transferlari muvaffaqiyatli chiqqanidan ilhomlangan holda Maynu bilan hamkorlik qilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!