Manchesterliklar yanvarda uch futbolchini ketkazadi, yana ikkitasiga esa javob tegmadi

  • 30 noyabr, 16:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yanvar oyidagi qishki transfer oynasi ochilishi bilanoq uch nafar futbolchini ijaraga berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar qanot himoyachisi Diego Leon, tayanch yarim himoyachisi Seku Kone va markaziy himoyachi Ayden Xevenni ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun boshqa klublarga ijaraga qo‘yib yuborishi mumkin.

Bu bilan klubni tark etmoqchi bo‘layotganlar ro‘yxati yakunlanmaydi. Asosiy tarkibga kira olmayotgan va etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan yarim himoyachi Kobbi Maynu va hujumchi Joshua Zirkzee ham klubni tark etmoqchi.

Biroq, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim Brayan Mbemo, Amad Diallo va Nussayr Mazraui kabi asosiy tarkib o‘yinchilari Afrika kubogiga ketishi munosabati bilan Maynu va Zirkzee klubni tark etishiga ruxsat bermadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!