
Manchesterliklar to‘rt hujumkor futbolchidan voz kechdi
“Manchester Yunayted” yozgi transferlar davrida tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilmoqda. Ruen Amorim ixtiyoriga uch nafar hujumkor futbolchi – Mateus Kunya, Brayan Mbemo hamda Benjamin Sheshko keldi.
Endi klub yangi mavsum murabbiylar shtabi rejasiga kirmagan o‘yinchilardan qutilishga harakat qilmoqda. Sky Sports nashrining yozishicha, “Yunayted” rahbariyati oldingi chiziqning to‘rt nafar vakili jamoadan tezroq ketishini talab qilyapti.
Unga ko‘ra, forvardlardan Rasmus Xyoylund, hujumkor futbolchilardan Jeydon Sancho, Antoni va Alexandro Garnacho o‘ziga yangi ish joyi topishi talab etiladi.
Portugaliyalik bosh murabbiy o‘tgan mavsumda ham Sancho, Antoni va Garnachoga jamoada o‘rin yo‘qligini aytgandi. Daniyalik hujumchi esa, Manchesterga kelganidan beri ishonchni oqlay olgani yo‘q.
Fikrlar