Manchesterliklar “Real” yulduziga 100 million evro tikyapti

  • 27 oktabr, 2023, 21:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning braziliyalik legioneri Rodrigo Madridni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.

Tecno

Mohir hujumchiga xaridorlar ham ko‘p. Xususan, “Manchester Yunayted” hujum chizig‘ini  22 yoshli futbolchi yordamida kuchaytirishni rejalashtirgan.

“Qirollik klubi” kelasi mavsum hujum chizig‘iga mashhur o‘yinchilardan birini olib keladi. Madridliklar ro‘yxatida Kilian Mbappe, Erling Xoland, Viktor Osimxen bor. Shuningdek, braziliyalik Endrikning transfer hal qilib bo‘lingan.

O‘z-o‘zidan Rodrigoga beriladigan o‘yin vaqti sezilarli darajada qisqaradi. Qolaversa, “Real” rahbariyati hujumkor futbolchi qayd etayotgan ko‘rsatkichlarga e’tiroz bildiryapti.

TodoFichajes nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari Rodrigo uchun kurashdagi raqobatchilarini ortda qoldirish maqsadida madridliklarga 100 million evro to‘lashga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!