Manchesterliklar Osiyodan har bir uchrashuvda gol ura oladigan hujumchi topdi

  • 3 iyun, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan  “Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi.

Tecno

Klub birinchi o‘rinda hujum chizig‘iga yangi o‘yinchilarni olib kelishga bel bog‘lagan. “Vulverxempton” yulduzi Mateus Kunyani qo‘lga kiritgan Ruben Amorim uning yoniga Aleksandar Mtrovichni olib kelmoqchi.

Serbiyalik markaziy hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Hilol” sharafini himoya qilmoqda. 30 yoshli to‘purar yakunlangan mavsumda 23 ta uchrashuvdan ishtirok etib, raqiblar darvozasini 20 marotaba ishg‘ol qildi va ikkita assist qayd etdi.

Talksport nashriga ko‘ra, Mitrovichning shayxlar bilan kelishuvi tugashiga yana bir yil vaqt bor. Bu o‘yinchini 10 million evro evaziga Evropaga qaytarish imkoni bor. “Manchester Yunayted” ana shu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!