
Manchesterliklar ko‘p gol uradigan hujumchiga katta summa tikdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim kelasi mavsum oldidan jamoasi tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishga bel bog‘ladi.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, manchesterliklar “Sporting” to‘purari Viktor Dyokereshni olish bo‘yicha ish boshlagan.
Portugaliya klubi deyarli har bir uchrashuvda to‘p kiritayotgan asosiy hujumchisini 65 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.
“Sporting” 26 yoshli futbolchini 2023 yilning yozida “Koventri”dan 24 million evroga xarid qilgan edi.
“Manchester Yunayted” Dyokereshni qo‘lga kiritish uchun “Arsenal” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Chunki Mikel Arteta jamoasi ham shved hujumchisini olish bo‘yicha muzokaralarni jadal davom ettiryapti.
Dyokeresh yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 52 marotaba maydonga tushib, 54 ta gol va 13 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar